Oʻzbek va qoraqalpoq bir xalq va bir millat — Baxtiyor Husanov
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik!» shiori ostida tadbir boʻlib oʻtmoqda.
Unda “Maʼrifat targʻibotchilari” jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov, elimiz suygan shoira Zulfiya Moʻminova, taniqli sanʼatkorlar ishtirok etmoqda.
Tadbirni Baxtiyor Husanov ochib berdi.
«2022–2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida va mamlakatimizda yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, soʻnggi yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida xam “Madaniyat uy”lari qurilmoqda, yangi kutubxonalar ish boshlayapti. Bu kabi ishlar bejizga amalga oshirilmayapti.
Zero, bu islohotlar zamirida mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda adabiyot, sanʼat, maʼnaviyat va maʼrifat sohalarining mavqeyini yanada oshirish maqsad qilib qoʻyilgan. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida uzoq gapirish mumkin. Men ayni damda bir narsani aytishim mumkin, oʻzbek va qoraqalpoq bir xalq va bir millat”, dedi u.
Shundan soʻng Baxtiyor Husanov farzand tarbiyasida ota-onalar masʼuliyati oshirish masalasiga toʻxtalib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring