Oʻzbek milliy taomlari xalqaro tanlovda birinchi oʻrinni egalladi
Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida “British Street Food Awards” xalqaro gastronomik tanlovi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlovda Oʻzbekiston milliy taomlari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Taʼkidlanishicha, “British Street Food Awards” tanlovida Londonda faoliyat yuritayotgan “Oshpaz” oʻzbek milliy taomlari brendi jamoasi yurtimiz sharafini himoya qilgan.
Mazkur tanlovda dunyo boʻylab 2 mingdan ortiq ishtirokchilar qatnashgan. Ahamiyatlisi shundaki, oʻzbek oshxonasi barcha qatnashuvchilar orasida mutlaq gʻolib deb topilgan.
“Tanlovda ishtirok etgan «Oshpaz” oʻzbek milliy taomlari brendi jamoasi tomonidan tayyorlangan milliy taomlarimiz va namoyish etilgan oʻzbek milliy oshxonasining boy anʼanalari hakamlar hamda tomoshabinlar qalbini zabt etdi. Oʻzbek milliy taomlari tayyorlanish usullari, betakror taʼmi va ajoyib koʻrinishi bilan tanlov gʻolibiga aylandi», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring