Oʻzbek kinoijodkorlari Turkiyada
Shu yilning 1 — 5-noyabr kunlari Turkiyaning Bursa shahrida ikkinchi marta boʻlib oʻtadigan “Qoʻrqut ota” xalqaro kinofestivalida ishtirok etish uchun bir guruh oʻzbek kinosi ijodkorlari Turkiyaga yoʻl olishdi.
4-noyabr kuni soat 18:00 da “Qoʻrqut ota” kinofestivali doirasida “Oʻzbekiston kinosi kunlari” ham boʻlib oʻtadi.
Bayram dasturida oʻzbek kino yulduzlari, aktyorlar va rejissyorlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etiladi.
Shuningdek, Dilmurod Masaidovning “AYOL QISMATI”, Akrom Shoxnazarovning “101 REYS” va Ibrohim Rasulovning “MUHABBAT BAHORI” filmlari namoyishi boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun, oʻtgan yili Istanbul shahrida oʻtkazilgan kinofestivalga 13 ta davlatdan yuzdan ortiq kino ijodkorlari tashrif buyurgan edi.
Xalqaro anjumanda Turkiyadan tashqari Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Vengriya, Eron, Ukraina va Shimoliy Kiprdan kino ustalari ishtirok etishgan va 42 ta film qatnashgan konkurs dasturida ikki oʻzbek filmi eʼtirof etilgandi. Rashid Malikovning “Tutqunlik” filmi jyurining maxsus unvonini qoʻlga kiritgan boʻlsa, Ali Hamroyevning “Xalq jasorati” filmi hujjatli filmlar kategoriyasida ikkinchi oʻrinni egallagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring