“Oʻzavtosanoat” Peugeot Citroën bilan qilinayotgan loyiha yopilganini tasdiqladi
“Oʻzavtosanoat” Jizzaxda Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive avtozavodi loyihasi rasman yopilganini tasdiqladi, deb xabar berdi Gazeta.uz. Bu yerda Volkswagen toʻrtinchi va beshinchi avlod Caddy avtomobillarini yigʻadi.
2017-yilning may oyida “Oʻzavtosanoat” va Fransiyaning Peugeot Citroyon avtokonserni oʻrtasida Peugeot va Citroyon brendlari ostida yengil tijoriy avtomobillar ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi bitimni imzolagan edi. Xuddi shu yilning iyulida “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida UzPCA ishlab chiqarish majmuasi poydevoriga kapsula qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.
Zavodni 2018-yil 10-dekabrida ishga tushirish rejalashtirildi. Biroq 18-dekabrda “Oʻzavtosanoat” “boshlangʻich maʼlumotlardagi baʼzi koʻzda tutilmagan oʻzgarishlar munosabati bilan” avtozavod loyihasi qayta koʻrib chiqilishini maʼlum qildi.
2019-yil fevralida “Oʻzavtosanoat” raisi oʻrinbosari Azizbek Shukurov Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive zavodi texnologik jihatlarni hisobga olmaganda tayyor ekanini bildirdi.
Avvalroq esa “Oʻzavtosanoat” va Volkswagen Group Rus Jizzax avtomobil zavodi negizida yengil tijoriy Caddy avtomobillarini ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 20 ming dona avtomobilni tashkil etadi.
Maʼlum qilinishicha, Volkswagen Group Rus bilan qoʻshma loyiha uchun ajratilgan ishlab chiqarish maydonchalari “Oʻzavtosanoat” mablagʻlariga qurilgan.
“Zavod qurilishiga Fransiyaning Peugeot Citroyon konserni mablagʻlari jalb etilmagan edi. Peugeot Citroën loyihasi yopildi”, — dedi kompaniya vakili.
2020-yilda toʻrtinchi avlod Volkswagen Caddy (2015-yilda taqdim etilgan) avtomobillarini ikki modifikatsiyada: yetti oʻrinli yoʻlovchi universali va yuk tashuvchi furgon shaklida ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. 2021-yilda esa beshinchi avlod Caddy (2020-yil fevralida taqdim etildi) modelini toʻliq siklda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi lozim.
“Oʻzavtosanoat”dan aniqlik kiritilishicha, Volkswagen avtomobillari Oʻzbekistonda kichik uzelli yigʻish uslubida (CKD) ishlab chiqariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring