Oʻzaro tajriba almashish uchun faol muloqot maydoni
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarini joriy etish hamda samarali faoliyat yuritishini tashkillashtirish vazifasini amalga oshirib kelmoqda.
Joriy yilning 30-31-may kunlari Konrad Adenaur nomidagi jamgʻarmaning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasiga koʻmagida mazkur seminar-trening mashgʻulotlarining navbatdagisi tashkil etildi.
Ushbu tadbir vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklari korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining 220 nafardan ortiq rahbar va xodimlari uchun oʻzaro tajriba almashish, malaka va koʻnikmalarini oshirish uchun faol muloqot maydoni boʻldi.
Taʼkidlanganidek, hozirgi vaqtda jami 117 ta davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korxonalar, shu jumladan, banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Joriy yilning 1-choragida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan 22 ta davlat tashkilotlari va idoralarida jami 81 mlrd. 561,1 mln. soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan.
Shuningdek, aksariyat davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgani ijobiy natijalarni bermoqda.
Ammo korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini barcha davlat tashkilotlarida toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, ularning samaradorligini oshirish, ular tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash amaliyotini toʻliq shakllantirish borasida hal etilishi va amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar hali talaygina.
Shu bois ushbu trening korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning faoliyatida koʻp uchraydigan savollarni ochiq muhokama qilish, faoliyatni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni amaliyotga tatbiq etishdagi muammolar va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fikr almashish hamda bu borada uslubiy yordam koʻrsatishni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
Unda mutaxassislar tomonidan davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni toʻgʻri baholash, manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va boshqarish, davlat xaridlari jarayonlarida kontragentlarni tekshirish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazish, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi va boshqa muhim mavzularda taqdimotlar oʻtkazildi.
Trening davomida ishtirokchilar sohaga oid muhim va foydali maʼlumotlarni olish bilan birga oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar orqali aniqlik kiritish hamda faoliyatlarida duch kelayotgan muammo va kamchiliklarni ochiq muhokama qilish imkoniga ega boʻldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring