Oʻzaro ishonch, adolat va hamjihatlikka talab global miqyosda tobora ortib bormoqda — Prezident

13:02 16 Sentyabr 2022 Siyosat
706 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi uchrashuvidan soʻng kengaytirilgan tartibdagi majlis boshlandi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzlamoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezidentimiz dunyoda ishonch va oʻzaro bir-birini tushunish taqchilligi sezilayotgan, qarama-qarshiliklar va mojarolar kuzatilayotgan bugungi sharoitda barqarorlik va xavfsizlikka nisbatan koʻplab tahdidlar kuchayganini koʻrsatib oʻtdi.

Uning fikricha, iqlim oʻzgarishi, suv va tabiiy resurslarning yetishmasligi, pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi inqirozi kabi zamonamiz muammolari barqaror rivojlanish uchun jiddiy xavf tugʻdirmoqda.

“Oʻzaro ishonch, adolat va hamjihatlikka talab global miqyosda tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish har qachongidan ham koʻproq talab etilmoqda. Tashkilotimiz faoliyati shunday muloqotni amalga oshirish mumkinligini dunyoga namoyon etmoqda”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

SHHT ochiqlik va bloklarga qoʻshilmaslik tamoyillariga qatʼiy sodiqligi tufayli ishtirokchi mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlab, xalqaro hamkorlikni muvaffaqiyatli tarzda chuqurlashtirayotgani taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер