Ozarbayjonning bir guruh jurnalistlari va blogerlari Oʻzbekiston boʻylab mediakontentlar tayyorlamoqda
Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Oʻzbekistonning Boku shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonning yorqin ranglari” loyihasi ishlab chiqildi va ushbu loyiha doirasida Ozarbayjon Sayyohlik blogerlari uyushmasiga aʼzo boʻlgan 4 nafar bloger va jurnalist ishtirokida mamlakatimizga press-tur tashkil etilmoqda.
Loyihadan koʻzlangan maqsad mamlakatning madaniy jozibadorligi va turizm salohiyati bilan Ozarbayjon fuqarolarini yaqindan tanishtirish va bu orqali Oʻzbekistonga sayyohlar oqimini oshirish hamda respublikamizning madaniyat va turizm sohasidagi imkoniyatlarini xorijiy OAVda keng targʻib qilishga qaratilgan.
Maʼlumot uchun, Ozarbayjon Sayyohlik blogerlari uyushmasi 2020-yil oʻz faoliyatini boshlagan. Uyushmaga bugungi kunda mamlakatdagi turizm sohasida faoliyat yurituvchi katta auditoriyaga ega boʻlgan taniqli blogerlar, jurnalistlar va yirik media-kompaniyalar aʼzo hisoblanadi.
Loyiha doirasida press-tur ishtirokchilarining mamlakatimiz boʻylab Toshkent, Samarqand, Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona, Urganch, Xiva, Buxoro kabi shaharlarga, Gʻijduvon va Rishton kabi tarixiy maskanlarga sayohati tashkil etiladi.
Turizm sohasida soʻngi yillarda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar va madaniy meros obyektlari haqida turkum fotojamlanmalar, videoroliklar, maqola va reportajlar hamda davomiyligi 130 daqiqagacha boʻlgan hujjatli film tayyorlash koʻzda tutilgan.
Shuningdek, tayyorlanadigan materiallar yil davomida Ozarbayjonning nufuzli OAVda, jumladan, “RealTV” va “AzTV” telekanallarida hamda Boku shahri kinoteatrlarida namoyish etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring