Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlarining ochilish marosimi va qo‘shma konsert bo‘lib o‘tdi
Avval xabar berganimizdek, ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvida amalga oshirilgan kelishuvlar doirasida Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi.
1-avgust oqshomida madaniyat kunlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimni kirish so‘zi bilan ochgan Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Kerimli ushbu tarixiy kun ikki mamlakatlar madaniy aloqalari rivoji uchun yangi sahifa ekanini ta’kidlab, madaniy haftalik ishiga muvaffaqiyat tiladi.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarabekov qardosh xalqlar o‘rtasidagi ko‘p vektorli aloqalar, ayniqsa so‘nggi yillarda yanada mustahkamlanib, yangi bosqichga chiqqanini ta’kidladi. Madaniyat, san’at va adabiyot borasidagi tarixiy yaqinlik ikki xalqning azaldan bir-biriga uyg‘un rivojlanganini alohida e’tirof etdi.
Shundan so‘ng muhtasham saroyda o‘zbekistonlik va ozarbayjonlik san’at ustalari ishtirokida qo‘shma konsert bo‘lib o‘tdi.
Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri, shuningdek taniqli san’atkorlar Farruh Zokirov, Nasiba Abdullayeva, Gulsanam Mamazoitova, Jenisbek Piyazov, Ilyos Arabov, Yulduz Turdiyeva, Ozoda Nursaidova, Samandar Alimova va ozarbayjonlik atoqli xonandalar ishtirokidagi jonli konsert dasturi tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring