Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi

12:30 03 Aprel 2025 Jamiyat
265 0

Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida Ozarbayjonda ogʻir ahvolda qolgan yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.

Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan holda ularni Oʻzbekistonga qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

Ozarbayjondagi faol vatandoshlar koʻmagida M.J. va uning oʻgʻliga Boku—Toshkent yoʻnalishidagi samolyotga chipta sotib olinib, 29-mart kuni Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?