Ozarbayjon Milliy Majlisi oʻz delegatsiyasining Moskvaga tashrifini bekor qildi
Ozarbayjon Milliy Majlisi raisining birinchi oʻrinbosari Ali Ahmedov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Ozarbayjon va Rossiya oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha parlamentlararo komissiyaning Moskvada oʻtkazilishi rejalashtirilgan 23-majlisida ishtirok etmaydi. Bu haqda Milliy Majlisning matbuot va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimiga tayanib, “Report.az” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bu qaror Rossiya huquq-tartibot organlarining Yekaterinburgda ozarbayjonliklarga qarshi reydlariga javoban qabul qilgan.
“Delegatsiyaning tashrifidan voz kechilishiga sabab — Yekaterinburg shahrida Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ozarbayjonliklarga qarshi sud va tergovsiz amalga oshirilgan namoyishkorona, qasddan qilingan etnik asosdagi qotilliklar va zoʻravonliklar, shuningdek, soʻnggi paytlarda bunday holatlarning muntazam tus olayotgani boʻldi”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 27-iyun kuni Rossiya xavfsizlik kuchlari tomonidan Ozarbayjon diasporasi vakillari yashaydigan xonadonlarda oʻtkazilgan reydlar chogʻida ikki kishi shafqatsizlik bilan oʻldirilgan, yana bir necha kishi ogʻir tan jarohati olgan, toʻqqiz nafar fuqaro esa hibsga olingan.
Ozarbayjon TIV yuqoridagi holat yuzasidan Rossiya tomoniga qatʼiy norozilik bildirdi. Xususan, Rossiyaning Bokudagi vaqtinchalik rasmiy vakili Pyotr Volokovix Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilib, rasmiy Moskvadan tushuntirish va aybdorlarni zudlik bilan jazoga tortish soʻraldi.
“Biz Rossiyadan ushbu ish boʻyicha shoshilinch tergov oʻtkazishini va qisqa vaqt ichida va zoʻravonlik sodir etgan barcha shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortishini kutmoqdamiz”, deyiladi rasmiy Boku bayonotida.
Shuningdek, Rossiya hukumati raisi oʻrinbosari Aleksey Overchukning iyun oxiriga rejalashtirilgan Ozarbayjonga tashrifi Boku tomonidan bekor qilingani maʼlum boʻldi. Manbalarga koʻra, yuzaga kelgan vaziyat fonida Ozarbayjon tomoni Overchuk yoki boshqa Rossiya rasmiylarining tashrifini oʻrinli deb hisoblamaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring