Oʻz juftini izlagan kit 13 ming kilometr masofani bosib oʻtdi. Bu olimlarni hayratda qoldirdi

11:06 12 Dekabr 2024 Ilm-fan
305 0

2017-yilda Kolumbiya yaqinidagi tinch okeanida koʻrinish bergan kit 2024-yilga kelib Hind okeanida paydo boʻldi. Kit ikki okean orasida 13 ming kilometrdan koʻproq masofani bosib oʻtgan deb, xabar bermoqda BBC News.

Olimlarning taʼkidlashicha, bu hodisa tarixdagi eng uzoq va gʻayrioddiy koʻchishlardan biridir. Sababi kitlar bunday katta masofali koʻchishlarni har doim ham amalga oshirishmaydi.

Buning oʻziga yarasha tabiiy sabablari borligi taxmin qilinmoqda. Olimlar baʼzida kitlar oʻz juftlarini izlash maqsadida uzoq masofali sayohatga chiqishini, ushbu migratsiya ham shu sababdanligini aytishyapti.

Bu safargi kitning sayohatiga asosiy sabablardan biri iqlim oʻzgarishi ekanligi degan taxminlar ham yoʻq emas. Sababi bunday yirik masofali koʻchish kitlarning odatdagi sayohatidan deyarli ikki baravar koʻp. Kit bunday sayohati bilan oʻz yashash diapazonidan ham chiqib ketgan.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, dengiz jonivorlarining koʻchishga boʻlgan harakatlari asta-sekin kuchaymoqda. Bu iqlim oʻzgarishi bilan bir qatorda, ozuqa zanjirining ham yoʻqolib borayotganidan dalolat berishi mumkin. Shuningdek, yuqorida aytilganidek oʻz turini saqlab olish uchun ham uzoqroq migratsiyalarni amalga oshirgan.

Koʻplab tadqiqotchilar dengiz jonivorlarining oʻz yashash maydonlarini tark qilishlari keyinchalik ulkan ekologik muammolarga ham sabab boʻlishi mumkinligini taʼkidlab barchani iqlim oʻzgarishlariga eʼtiborli boʻlishga chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?