OTMlarga oʻqishga kirishda kimlar imtiyozga ega?

12:05 07 Iyul 2023 Jamiyat
686 0

Foto: Arxiv surat

Quyidagi abituriyentlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyozga ega:

— Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining farzandlari;

— Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari boʻlgan bitiruvchilar;

— Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;

— “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari;

— “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” respublika tanlovi gʻoliblari;

— Tibbiyot muassasalari hamshiralarining “Hamshira” respublika tanlovi gʻoliblari;

— “Nihol” mukofoti sovrindorlari;

— Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi respublika komissiyasi bergan tavsiyanoma sovrindorlari (pedagogika yoʻnalishlariga);

— Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtab, harbiy tavsiyanomaga ega boʻlganlar;

— Chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi V2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlar;

— Harbiy qism qoʻmondonligi va Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tavsiyanomasiga ega boʻlganlar;

— Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning butun oʻqish davrini aʼlo baholarga oʻqigan bitiruvchilari;

— Mutaxassisligi boʻyicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar;

— Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

— Ichki ishlar organlarida 3 yildan ortiq ish stajiga ega profilaktika (katta) inspektorlari;

— Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolar;

— Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyning bitiruvchilari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?