Oʻtgan olti oy muddatda soliq tekshiruvlarida tasdiqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha fuqarolarga 13,5 mlrd. soʻm mukofot toʻlangan

13:41 31 Iyul 2023 Jamiyat
614 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Dildora Hoshimova maʼlum qildi.

Olti oy davomida soliq mobil ilovasi orqali 2 mln.ga yaqin isteʼmolchiga 579,5 mlrd. soʻm keshbek toʻlab berildi.

Shuningdek, oʻzini oʻzi ish bilan band qilgan fuqarolar safi 688 mingtaga koʻpayib, jami 1 mln 600 mingga yetdi. 285 mingta yashirin ish oʻrini legalizatsiya qilindi.

Jismoniy shaxslarning 502 mlrd. soʻmga yaqin penyasi va yakka tartibdagi tadbirkorning 476 mlrd. soʻmdan ortiq soliq qarzi, penya hamda jarimalari hisobdan chiqarildi.

Noqonuniy savdoni oldini olish tadbirlari natijasida umumiy qiymati 1,2 mlrd. soʻmga teng aksiz markasiz, eski va qalbaki aksiz markali, tegishli hujjatlarsiz hamda markirovkalanmagan alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi.

Yuqoridagi omillar oʻz navbatida soliq tushumlariga ijobiy taʼsir koʻrsatib oʻtgan 6 oyida byudjetga 76,3 trln. soʻm soliq tushumlari taʼminlanib, reja 101,8 foizga ijro etildi yoki 1,3 trln. soʻm qoʻshimcha daromad boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?