Oʻtgan oyda COVID-19 tufayli shifoxonaga yotqizilganlar soni 42 foizga oshgan — JSST
Hozir COVID-19 insoniyat uchun global tahdid emas. Pandemiya bekor qilinganidan buyon 9 oy oʻtdi. Ammo hali ham virus mutatsiyaga uchrashda davom etyapti. Achinarli jihati, infeksiyani yuqtirish va oʻlim holatlari yana koʻpaymoqda.
Xususan, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning maʼlum qilishicha, poyoniga yetgan 2023-yilning dekabr oyida koronavirus tashxisi qoʻyilganlar soni sezilarli darajada oshgan.
Buni Yangi yil bayrami arafasida savdo rastalari, tomoshagoh va boshqa jamoat joylari nisbatan gavjum boʻlgani hamda “omikron” shtammining yangi JN.1 varianti keng tarqala boshlagani bilan izohlash mumkin.
Misol uchun, dekabr oyida COVID-19 oqibatida qariyb 10 000 nafar kishi hayotdan koʻz yumgan, infeksiya tufayli gospitalizatsiya qilinganlar soni noyabr oyiga nisbatan 42 foiz, intensiv terapiya boʻlimiga yotqizilganlar esa 62 foizga oshgan.
Oʻsish dinamikasi kuzatilayotgan hududlar orasida Yevropa va Amerika mintaqasida joylashgan davlatlar yetakchi.
JSST rahbari ushbu epidemiologik vaziyatni hisobga olib, koronavirusga qarshi ehtiyot choralarini izchil davom ettirish zarurligini taʼkidladi.
“Bu borada arzon va ishonchli sinamalar, tavsiya etilgan davolash usullari, tibbiy niqob hamda kasallikka qarshi vaksinalar yaxshi samara beradi. Hukumatlar ushbu masalaga alohida eʼtibor qaratishlari kerak”, — deb qayd etdi T. Gebreyesus.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring