Oʻtgan yili Andijon viloyatida gaz taʼminoti boʻyicha 14 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan
Soʻnggi yillarda fuqarolar bilan ochiq muloqotning yuzaga kelishi hududlarda toʻplanib qolgan muammolarning ijobiy yechimini taʼminlashga, shu orqali aholi turmush sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda. Hamyurtlarimiz murojaat orqali uzoq yillardan buyon hal boʻlmay kelayotgan yoki kundalik hayotimizda yuzaga kelgan masalalar yuzasidan savollariga javob olish imkoniga ega boʻlyaptilar.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filialida ham bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Zero, aholi fikrlari mavjud kamchilik va muammolarning oʻz vaqtida bartaraf etilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga isteʼmolchilarga sifatli xizmat koʻrsatish, ularning talab va istaklarini oʻz vaqtida amalga oshirish imkonini beradi.
— Ortda qolgan yil davomida “Hududgaz Andijon” gaz taʼminotiga jami 14 ming 747 ta murojaat kelib tushgan, — deydi filial ijro nazorati boʻlim boshligʻi Xurshidbek Hayitboyev. — Ularning 7 ming 458 tasi virtual qabulxonalar orqali kelib tushgan boʻlsa, qolganlarining 5 122 tasini ogʻzaki, 1 ming 105 tasini yozma, 5 ta elektron hamda 1 ming 57 tasini “Ishonch telefonlari” orqali kelib tushgan. Shuningdek, 988 nafar fuqaro bevosita Filial binosida qabul qilingan hamda 3 ming 502 nafar fuqaroning sayyor qabullarda arzi tinglangan va ijroga yoʻnaltirilgan.
— Aholi takliflari filial va uning ijro nazorati boʻlinmalari tomonidan toʻliq nazoratga olingan, — deya suhbatga qoʻshildi filial matbuot xizmati rahbari Akmaljon Xoliqov. — Oʻtgan davr mobaynida murojaatlarning 12 ming 895 tasi, yaʼni 87 foizi ijobiy hal etildi. Qolgan qismi ijroga yoʻnaltirildi va tegishli maslahatlar berildi. Ularning aksariyat qismi gaz taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar, nosozliklar, gaz ballonlari taʼminotiga doir mavzulardan iborat boʻlib, bu ushbu yoʻnalishlardagi faoliyatimizni yanada shakllantirishimiz muhimligidan dalolatdir.
Bir soʻz bilan aytganda, aholi bilan bu kabi yuzma-yuz uchrashuvlar viloyatda gaz taʼminoti faoliyatini yanada jonlantirishda turtki boʻlmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring