Oʻtgan yilda qariyb 90 ming migrant Rossiyadan deportatsiya qilingan
Rossiya Federal sud ijrochilari xizmati 2024-yilda 88 ming noqonuniy migrantni deportatsiya qilgan. Bu haqda Rossiya Sud ijrochilari federal xizmati (SIFX) rahbari Dmitriy Aristov maʼlum qilgan.
Aristov Sud ijrochilari federal xizmati xodimlari sud qaroriga binoan noqonuniy migrantlar, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Rossiya hududidan majburiy chiqarib yuborishini taʼkidlagan. Bu haqda u chorshanba kungi senat yigʻilishida gapirgan.
Soʻnggi yillarda olib borilgan migratsiya siyosati natijasida Rossiyadan chiqarib yuborish holatlari keskin oshdi. Jumladan, 2024-yilgi natija 2023-yildan ikki baravarga koʻproq. 2023-yilda 60 ta davlatga jami 44 ming migrant deportatsiya qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring