Bosh prokuror: “Oʻtgan yil davomida salkam 3 ming nogironligi bor shaxslar soliqdan aldangan”
Foto: Hakim Yo'ldoshev, «Xalq so‘zi»
Oliy Majlis Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisida Respublika Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2018 yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti eshitildi.
Murodovning taʼkidlashicha, oʻtgan yil davomida nogironligi boʻlgan fuqarolarning mol-mulki va yer uchastkasiga nisbatan soliq imtiyozlarining qoʻllanishi ahvoli oʻrganilib, respublika boʻyicha 2 944 nafar nogironligi boʻlgan fuqarolarga soliq imtiyozlari qoʻllanilmay kelinganligi aniqlangan.
Ushbu holatning kelib chiqishiga imtiyozga ega nogironligi boʻlgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlar muntazam tahlil qilib borilmaganligi, soliq, moliya idoralari, pensiya jamgʻarmalari va tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari oʻrtasida oʻzaro maʼlumot almashinuvi yoʻlga qoʻyilmaganligi sabab boʻlgan.
Oʻrganish natijasida 2 944 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarning barchasiga 327,1 mln. soʻmlik soliq imtiyozlari qoʻllanilishi, shu jumladan 2 694 nafari 184 mln. soʻm yer soligʻidan ozod qilinishi taʼminlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring