Otabek Umarov Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari etib saylandi
Oʻzbekistonda yangi aralash jang sanʼati federatsiyasi tashkil qilindi. Unga Otabek Umarov prezident etib tayinlandi. Bu haqda GoSport.uz xabar bermoqda.
Ushbu assotsiatsiya tashkil etilganligini tasdiqlovchi hujjat joriy yilning 23-oktyabrida taqdim etilgandi.
8-noyabr kuni Otabek Umarov aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi prezidenti sifatida sportchilarning mashgʻulotlarida qatnashdi. U MMA qoidalariga muvofiq boʻlib oʻtadigan 20-GFC musobaqasida qatnashadigan polvonlar bilan suhbatlashish uchun Buka GYM sport markaziga tashrif buyurdi. Ushbu musobaqa Toshkentda boʻlib oʻtadi va u mamlakatimiz tarixida aralash jang sanʼatlari boʻyicha birinchi turnir hisoblanadi.
Otabek Umarov sportchilarga murojaatida Oʻzbekistonda aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi endigina tashkil etilgani va uning zimmasiga katta masʼuliyat yuklanganini taʼkidladi.
MMA dunyodagi eng mashhur sport turlaridan biri. Ushbu sport turi boʻyicha oʻzbekistonlik koʻplab sportchilar allaqachon jahon maydonlarida shuhrat qozongan. Aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi tashkil etilishi bilan kurashchilar malakali murabbiylar rahbarligida mashq qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bundan tashqari, sportchilarning sogʻligʻi ustidan qattiq tibbiy nazorat oʻrnatiladi, shuningdek, xorijiy musobaqalarda ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni olishda yordam koʻrsatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring