Ota-onasiz qolgan 9 nafar bola Qozogʻistondan Oʻzbekistonga qaytarildi
Qozogʻistonning Olmaota shahrida ota-ona qaramogʻisiz qolgan 9 nafar oʻzbekistonlik bola vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Oʻzbekistonning Olmaotadagi bosh konsulligi diplomatlari Ogʻir ahvoldagi bolalarni qoʻllab-quvvatlash markazi davlat muassasasi va shahar Taʼlim boshqarmasi vakillari bilan birgalikda 6−17 yosh oraligʻidagi bolalarni oʻz vataniga qaytarish uchun barcha zarur hujjatlarni toʻldirgan.
Ular yaqin qarindoshlariga topshirilishi uchun Oʻzbekiston IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlariga topshirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Sankt-Peterburg shahridan Oʻzbekistonning 16 nafar voyaga yetmagan fuqarosi vatanga qaytarilgandi. Olib kelinganlarning 11 nafari ota-onalariga, qolganlari esa vasiylik asosida qarindoshlariga berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring