Oʻt oʻchiruvchilar, kasalxonalar va politsiya xavotirda: Niderlandiyada mushakbozlik taqiqlandi
Niderlandiya parlamenti petardalar va mushakbozlikni taqiqladi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 31-dekabr kuni mamlakat aholisi uchun turli petardalar va mushakbozlik uyushtirishning soʻnggi kuni boʻladi. Niderlandiya parlamenti kelgusi yildan boshlab bunday turdagi pirotexnika vositalaridan foydalanishni taqiqlaydi. Faqatgina professional mushakbozlik shoulari tashkilotchilariga pirotexnika vositalaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
Maʼlum qilinishicha, ayni vaqtda oʻt oʻchiruvchilar, kasalxonalar va politsiya idoralari Yangi yil bayramining xavfsiz oʻtishidan xavotirda. Mamlakat boʻylab pirotexnika ixlosmandlari mushakbozlik uyushtirish uchun odamlar gavjum joylarda toʻplanishmoqda.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, kelgusi yildan joriy etiladigan taqiq tufayli, ayni vaqtda Niderlandiyadagi pirotexnika savdosi keskin oshgan. Savdo oʻtgan yilga nisbatan taxminan 20 foizga yuqori boʻlishi kutilmoqda.
Politsiyaning maʼlum qilishicha, yuqori portlovchi petardalarning kontrabandasi ham koʻpayib bormoqda. Dekabr oyining oʻrtalariga kelib, huquqni muhofaza qilish organlari allaqachon 65 ming kilogrammdan ortiq noqonuniy pirotexnika vositalarini musodara qilgan. Qoʻl jarrohlari assotsiatsiyasining maʼlumotlariga koʻra, bunday petardalardan foydalanish noyabrdan dekabr oyining oʻrtalariga qadar koʻplab jarohatlarga sabab boʻlgan. Oʻn nafar oʻsmirning qoʻllari yoki barmoqlari amputatsiya qilingan.
“I&O” tadqiqot instituti tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, niderlandiyaliklarning 62 foizi pirotexnika vositalaridan foydalanishga qoʻyiladigan taqiqni qoʻllab-quvvatlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring