Ostonada «eski doʻstlar» uchrashuvi va SHHTda yangi mehmon
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin Shanxay Hamkorlik Tashkilotining yigʻilishlarini olqishladi.
Qozogʻistonning Ostona sharida boʻlib oʻtgan sammitda soʻzga chiqqan ikki yetakchi tashkilotning Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, Hindiston, Eron va yangi aʼzolikka qabul qilingan Belarusni eʼtirof etishdi.
«SHHT adolatli koʻp qutbli dunyo tartibining asosiy ustunlaridan biri sifatida oʻz rolini kuchaytirmoqda. Biroq bu hamkorlik hech kimga qarshi emas, biz hech qanday blok yoki ittifoq yaratmayapmiz, faqat xalqlarimiz manfaatlarini koʻzlab ish qilyapmiz», — dedi Rossiya rahbari. Uning qoʻshimcha qilishicha, Rossiya va Xitoy har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlikning eng yaxshi davrini boshdan kechirmoqda.
Oʻz navbatida, Xitoy raisi xalqaro vaziyat va tashqi muhit haqida gapirib, kelajak avlod ham doʻstlik rishtalarini davom ettirish kerakligini aytib, Si Szinpin Vladimir Putinni «eski doʻst» deb atagan.
Bu yetakchilar umumiy hisobda 40-martaga yaqin uchrashgan. Ayniqsa, bu kabi aloqalar Kremlning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin kuchaydi. Shu sababli Gʻarb sanksiyalariga uchrayotgan Rossiya yakkalanib qolmayotganini koʻrsatishga harakat qilmoqda.
Putin sammit chogʻida Saudiya Arabistoni va Misr bilan birga sammitda kuzatuvchi davlatlar qatorida boʻlgan Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan ham uchrashdi. Turkiya Moskva bilan yaqin savdo va moliyaviy aloqalarga ega NATO aʼzosi boʻlib, oʻzini Rossiya — Ukraina urushida vositachi sifatida koʻrsatib keladi.
Turkiya prezidenti Putinga Turkiya Rossiya va Ukraina oʻrtasida davom etayotgan urushni avval oʻt ochishni toʻxtatish, keyin esa tinchlik yoʻli bilan tugatish uchun konsensusga asos yaratish mumkinligini aytgan. Kreml matbuotining aytishicha, Erdogʻan Rossiya — Ukraina mojarosida vositachi boʻla olmaydi.
Tashkilotga yangi aʼzo boʻlgan Belarus rahbarining aytishicha, SHHT tashkil topganidan beri aʼzo davlatlarning koʻpgina manfaatlari bir-biriga zid boʻlib qolmoqda. Moskva va Pekin Markaziy Osiyo davlatlariga taʼsir oʻtkazish uchun raqobatlashgan.
Mintaqa oʻtgan yillar davomidagi Rossiya taʼsiriga qaramay Pekinning yirik iqtisodiy va savdo loyihalarining, jumladan, «Bir makon, bir yoʻl» infratuzilmasi loyihasining kaliti boʻlib qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring