Oʻsmirlarimiz qitʼa birinchiligida peshqadamga aylandi

14:03 19 Iyul 2022 Sport
488 0

Tailandning Bangkok shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati boshlandi. Ortda qolgan birinchi kun dasturida oʻsmirlarimiz sakkizta medalga sazovor boʻlishdi.

Vakillarimiz orasida Anvarjon Ibragimov (-55 kg), Shohjahon Otaboyev (-66 kg), Laziza Haydarova (-40 kg), Umidaxon Burxonjonova (-44 kg) oltin medalni qoʻlga kiritishdi. 

Shuningdek, Sardor Himmatov (-60 kg), Sevinch Murodova (-48 kg) hamda Soʻgʻdiyona Rafkatova (-52 kg) kumush medal bilan taqdirlangan boʻlsalar, Saddam Husanov (-66 kg) shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi.

Shu tariqa, birinchi kundanoq vakillarimiz umumjamoa hisobida peshqadamlikni qoʻlga olishdi. Bugun oʻsmirlar oʻrtasida ogʻir vazn toifalarida bellashuvlar boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?