Mahkumlarning jazoni oʻtash muddati ular tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirilishini nazarda tutuvchi Qonun muhokama qilindi
Foto: Davronbek Ernazarov/“Xalq soʻzi”
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Soʻngi yillarda Jinoyat kodeksining bir qator moddalariga tegishli oʻzgartishlar kiritilib, ogʻir, oʻta ogʻir va korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarning jazoni oʻtash muassasasida boʻlish muddatlari uzaytirildi.
Shuningdek, jazo muddatini toʻliq oʻtashlari lozim boʻlgan mahkumlar toifasi ham kengaytirildi.
Bu oʻzgarishlar, oʻz navbatida, 2-3-yildan soʻng jazoni oʻtash muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar soni va sigʻimi masalasini kun tartibiga chiqarib, muqobil choralar koʻrishni taqozo etadi.
Shu bilan birga, soʻngi vaqtlarda transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslar tomonidan transportni boshqarish bilan bogʻliq koʻplab qoidabuzarliklar sodir etilmoqda.
Shu bois Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga mahkumlarning jazoni oʻtash muddati ular tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan qisqartirilishini nazarda tutuvchi, shuningdek, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 12810 va 131-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun sud tomonidan muayyan muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi tayinlangan shaxslarni ham profilaktik hisobga olishni belgilovchi oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi loyiha ishlab chiqildi va Qonunchilik palatasi tomonidan tegishli qonun qabul qilindi.
Qoʻmita majlisida ushbu hujjatning qabul qilinishi mahkumlarni axloqan tuzatishga, ularda jamiyat qoidalari va anʼanalariga nisbatan hurmatni shakllantirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi. Bundan tashqari, profilaktik hisobga olingan shaxslar bilan olib boriladigan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish orqali mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning, qolaversa transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslar tomonidan transportni boshqarish bilan bogʻliq koʻplab qoidabuzarliklar va yoʻl-transport hodisalari sodir etilishining oldi olinishi maqsadlariga erishiladi.
Majlis yakunida Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Davronbek ERNAZAROV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring