Oʻsmirlardagi bosh ogʻrigʻiga nima sabab boʻladi?
Nevrologga tashrif buyurganida, oʻsmirlar koʻpincha bosh ogʻrigʻidan shikoyat qiladi. Buning sabablari turli xil boʻlishi mumkin. Lekin eng koʻp uchraydigani nerv tizimining funksional buzilishidir. Bu haqda nevropatolog Tatyana Kosheleva maʼlum qildi.
“Ogʻriq koʻngil aynishi yoki qusish bilan birga kuzatilishi mumkin. Shuningdek, jismoniy faollik bilan kuchayishi, yorugʻlik va tovushga sezgirlik bilan birga namoyon boʻlishi mumkin. Bu maktabdagi yuklamaning oshishi va bolada surunkali stress tufayli yuzaga keladi. Agar bosh ogʻrigʻiga toqat qilolmasa va holat bir oyda ikki yoki uch martadan koʻproq takrorlansa, albatta nevrologga murojaat qilish kerak”, deb tushuntiradi Tatyana Kosheleva.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, shifokorga tashrif buyurishdan oldin, bolaning onasi bosh ogʻrigʻi kundaligini yuritishi tavsiya etiladi. Unda bolada qanchalik tez-tez va qaysi vaqtda tegishli alomatlar paydo boʻlishi hamda qancha davom etishi yozib boriladi.
Ogʻriq bolaning yarim tunda uygʻonishiga sabab boʻlsa yoki uygʻonganidan keyin darhol his qilsa yoki koʻngil aynishini boshdan kechirsa, jiddiy kasallik haqida signal berishi mumkin. Bu kabi holatlarda dori kor qilmasa, nevrologga tashrifni kechiktirmaslik kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring