Osiyoda JCh saralashining toʻrtinchi bosqichi yakunlandi
Kecha, 14-oktyabr kuni Osiyo mintaqasida Jahon chempionati saralashining toʻrtinchi bosqichining soʻnggi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Unga koʻra, Saudiya Arabistoni va Qatar terma jamoalari Jahon chempionatiga yoʻl oldi.
Qatar terma jamoasi ushbu bosqichning dastlabki oʻyinida Ummon Sultonligi terma jamoasi bilan durang oʻynab, imkoniyatlarini ancha pasaytirib yuborgan edi. Ammo, soʻnggi bahsda Lopetegi shogirdlari guruhdagi asosiy raqibi Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasini magʻlub etishni uddaladi va shu tariqa 4 ochko bilan guruhda 1-oʻrinni egallagan holda Jahon chempionati yoʻllanmasiga ega chiqdi.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi esa dastlabki oʻyinda Indoneziyani 3:2 hisobi bilan magʻlub etgandi. Kecha jamoa guruhdagi asosiy raqibi Iroq termasi bilan 0:0 hisobi bilan durang oʻynadi. Oʻz navbatida Iroq terma jamoasi Indoneziyani 1:0 hisobi bilan magʻlub etgandi. Shu boisdan urilgan goʻllar soni koʻpligi sabab Saudiya Arabistoni terma jamoasi Jahon chempionatiga yoʻl oldi.
Maʼlumot uchun, Osiyoda Jahon chempionati saralashining soʻnggi bosqichi noyabr oyida boʻlib oʻtadi. Unda Iroq va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalari yana bitta yoʻllanma uchun kurash olib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring