OTB O‘zbekistonda moliyaviy bozorlarni rivojlantirish dasturi uchun 100 mln kredit ajratdi
Oʻzbekistonda raqobatbardosh moliya bozorlari shakllanishi uchun zarur boʻlgan siyosiy, qonunchilik va institutsional islohotlarni qoʻllab-quvvatlash uchun Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan 100 mln. AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻlari ajratiladi.
Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, shuningdek, qoʻshimcha ravishda 500 ming AQSH dollari islohotlarni amalga oshirish uchun texnik koʻmak mablagʻlari koʻrinishida yoʻnaltiriladi.
OTBning “Oʻzbekistonda moliyaviy bozorlarni rivojlantirish” dasturi respublikamizda moliya bozorini yanada rivojlantirish va ularni kengaytirishga qaratilgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlash, davlat va korporativ qimmatli qogʻozlar bozorlari likvidligini oshirish, investorlar bazasini kengaytirish hamda diversifikatsiyalash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, nazorat tizimini takomillashtirish va jozibador moliyaviy instrumentlar qatorini kengaytirishga qaratilgan.
Bu, oʻz navbatida, xususiy investitsiyalar oqimini ragʻbatlantirib, yangi ish oʻrinlari manbai va yuqori iqtisodiy oʻsish drayveri sifatida xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring