Osiyo chempionati. Oʻzbekiston futzal terma jamoasi chorak finalda
Bugun, 1-fevral kuni futzal boʻyicha Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Yaponiya termasi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 2:1 hisobida “kunchiqar yurti“ vakillarining gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga gʻoliblardan Shoto Yamanaka (2 ta), Oʻzbekiston termasidan esa Shaxram Faxriddinov mualliflik qildi.
“C” guruhining ikkinchi oʻyinida esa Tojikiston terma jamoasi Avstraliya bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi. Shu tariqa Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 4 ochko toʻplagan holda guruhni ikkinchi oʻrinda yakunladi va musobaqaning chorak finaliga yoʻl oldi.
Maʼlumot uchun, Nodir Eliboyev boshchiligidagi jamoa bu bosqichda “D“ guruhi gʻolibiga qarshi oʻynaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring