Ortda qolgan iz — Ozodbek Nazarbekov Bahodir Yoʻldoshev haqida
Shafqatsiz oʻlim yana bir aziz insonni, Oʻzbekiston xalq artisti, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, taniqli rejissyor va aktyor Bahodir Yoʻldoshevni oramizdan olib ketdi.
Yarim asrdan buyon oʻz kasbiga sadoqat bilan xizmat qilib kelgan ustoz sanʼatkorning ijodiy faoliyati haqida juda koʻp va xoʻp soʻzlash mumkin... Shuni alohida taʼkidlash joizki, Bahodir Yoʻldoshevning elimizga manzur boʻlgan, yuqori saviyada sahnalashtirgan bir qancha spektakllari qatorida mustaqillik yillarida rivoj topgan maydon tomosha sanʼati uning mahorati tufayli milliylashtirildi, mazmun-mohiyat jihatdan yangilandi.
Jumladan, Samarqandning Registon maydonidagi “Buyuk ipak yoʻli“, “Shashmaqom” xalqaro festivallari, Mirzo Ulugʻbekning 600, Amir Temurning 660, Buxoro shahrining 2500-yillik tantanalari, “Sharq taronalari" musiqa festivali, Mustaqillik, Navroʻz umumxalq bayramlarining rejissyori sifatida oʻzining yuksak ijodkorlik salohiyatini namoyon etgan.
Uning xalqimiz sevib tomosha qiladigan “Kelinlar qoʻzgʻoloni“, “Nodirabegim”, “Alisher Navoiy“, “Nodirabegim”, “Al Buxoriy“, ”Buxoroi Sharif“kabi qator spektakllari mutaxassislar tomonidan eʼtirof etilib, oʻzbek teatr sanʼati rivojiga katta hissa boʻlib qoʻshilgani taʼkidlangan. Soʻnggi 12 yil davomida ”Diydor" yoshlar eksperimental teatr studiyasi davlat muassasasiga badiiy rahbarlik qilar ekan juda koʻplab iqtidorli shogirdlarni tarbiyaladi.
Ustoz sanʼatkor nafaqat yurtimiz teatrlari, balki Tojikiston, Amerika, Laos, Fransiya kabi xorij mamlakatlarida ham spektakllar sahnalashtirib yurtimiz teatr sanʼatini tarannum etdi.
Uning mehnatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib “Fidokorona xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati”, “Mehnat shuhrati”,“Buyuk xizmatlari uchun” ordenlariga sazovor boʻlgan.
Ustoz-sanʼatkor, yuksak salohiyatli ijodkor, oʻz ishining mohir ustasi, fidoyisi sifatida qalblarimizda mangu yashaydi.
Bahodir Yoʻldoshevning vafoti munosabati bilan uning oila - aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etamiz.
Ozodbek Nazarbekov,
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring