Оролбўйида сув тежаш технологиясининг яна бир тури кенг жорий этила бошланди
![](https://xs.uz/upload/post/2022/2/11/1afe1885520e0b97185d67dbc15cddbe0211.jpg)
Foto: Халқ сўзи
Mavjud suv resurslardan samarali foydalangan holda tejamkor texnologiyalarni joriy etish Orolboʻyida suv tanqisligi sharoitida yagona yoʻli sifatida qaralmoqda. Yogʻayotgan qor yoki shimolga xos boʻlgan sovuq harorat ham hududda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish zaruratini yumshatayotgani yoʻq.
Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari A.Nazarov Shumanay tumanidagi gʻalla maydonlariga yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Jarayonlar bilan tanishgan masʼul tejamkor texnologiyalarni qurish va montajlash ishlarida suv xoʻjaligi tashkilotlarining servis guruhlari koʻmagidan samarali foydalanish, hasharlar tashkil qilib ishchi-xodimlarga qulaylik yaratgan holda ish unumdorligini oshirish, hududlardagi irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini qazib tozalash borasida koʻrsatmalar berdi.
— Oldimizga qoʻygan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda barcha suvchilar hamjihatlik namunasini koʻrsatmoqda, — deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Tajetdin Madireymov. — Mana, bir necha kundirki, suvchilardan tashkil topgan servis guruhi xodimlari Shumanay tumanidagi «Baxrom ilgʻor klaster» masʼuliyati cheklangan jamiyatining gʻalla maydonlariga yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyalarini qurish va montaj qilish ishlarini olib bormoqdalar. Hududdagi 25 kilometr kollektor va 24 kilometr ichki kanal va ariqlarni tozalashga 10 dan ortiq ekskavator va maxsus texnikalar jalb qilingan. Barcha ishchi va mexanizatorlarga dala boshida issiq ovqat tashkil etilgan. Umuman olganda, har kuni 500 nafardan ortiq suvchilar mazkur hududda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirmoqda.
Gʻallachilikka ixtisoslashtirilgan «Baxrom ilgʻor klaster»da joriy mavsumda 550 gektar maydonga gʻalla ekilgan boʻlsa, mazkur maydonlar toʻliq lazer uskunasi yordamida tekislangan. Endilikda gʻalla maydonlarida yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilinayotgani ayni muddaodir.
Eslatib oʻtamiz, Qoraqalpogʻistonda hozirga qadar yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasi joriy etilmagan edi. Hudud uchun yangi hisoblangan bu texnologiya ilk bor 2022-yil hosili uchun ekilgan gʻalla maydonlarida qoʻllanilmoqda. Rejaga koʻra mavsum davomida 5 ming gektar maydonda yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasi oʻrnatiladi.
Gʻ.Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring