Orolboʻyida qish mavsumiga tayyorgarlik avjida
Mamlakatimizning boshqa hududlariga nisbatan Orolboʻyiga kuzning salqin ob-havosi ertaroq keladi va aholining issiqlik manbaiga boʻlgan talabi orta boshlaydi. Buni yaxshi bilgan gaz taʼminoti xodimlari qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadal olib borishmoqda.
— Ellikqalʼa tumani boʻyicha 15 ming 579 ta aholi xonadoni va 274 ta ulgurji isteʼmolchi tabiiy gaz bilan taʼminlangan. Kuz-qish oylarida isteʼmolchilarga uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berish yuzasidan barcha choralar koʻrilmoqda, — deydi tuman gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi Zafar Abdullayev. — Xususan, 1,2 km gaz tarmoqlari rekonstruksiya qilindi, 281 ta gaz taqsimlash punktlari tekshiruvdan oʻtkazilib, 2 tasida kapital taʼmirlash ishlari olib borildi. Shuningdek, 60 km yer usti va 146,2 km yer osti gaz tarmoqlari yuqori bosim ostida sinovdan oʻtkazilib, 40 km gaz tarmoqlarini boʻyash yakunlandi.

Albatta, gaz tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash kechiktirib boʻlmaydigan vazifadir. Shunday ekan, soha mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan ishlar isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlashda ijobiy natija berishi shubhasiz.
Gʻayrat OTAJONOV
«Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring