Orolboʻyida yigirma bemorning yuragi bepul operatsiya qilindi

14:58 14 Yanvar 2022 Jamiyat
951 0

Foto: Халқ сўзи

Nukus shahrida yurak miokardi infarkti bilan kasallangan 20 nafar bemorning yuragi bepul operatsiya qilindi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining kardiolog shifokorlari, tibbiyot fanlari nomzodi Sardar Tursunov va Mahmud Xaydarov tomonidan bemorlarga diagnostik koronagrafiya va stendlar oʻrnatish boʻyicha jarrohlik operatsiyalari amalga oshirildi.

— Oʻtgan yilning oktyabr oyida shu kasallikni orttirganimni bildim, — deydi bemorlardan biri Bazarxan Purqanova. — 2019-yili turmush oʻrtogʻim ham 59 yoshida infarkt bilan olamdan oʻtgan. Oʻzim nafaqada, farzandlarim ham doimiy ish bilan band boʻlmagach, davolanishga mablagʻ topish muammo edi. Mana, kuni kecha respublika rahbariyatining biz kabi bemorlar salomatligini tiklashga qaratayotgan eʼtibori tufayli bepul operatsiya qilindim. Buning uchun ushbu xayrli ishni amalga oshirayotgan rahbarlar va Toshkentdan tashrif buyurgan va shu yerda ularga yordam bergan barcha shifokorlarga minnatdorlik bildiraman.

Eʼtiborlisi, Orolboʻyida aynan yurak-qon tomir kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlar salomatligini tiklashga qaratilgan amaliy ishlar faqat bugina emas. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 26-iyuldagi “Aholiga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida Toʻrtkoʻl, Qoʻngʻirot va Chimboy tumanlari tibbiyot birlashmalari negizida bosqichma-bosqich tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarini tashkil etishga kirishilgan.

Gʻ.Otajonov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер