Oʻqituvchilar uchun malaka toifa sinovlari oʻtkazilish sanalari maʼlum boʻldi

12:44 04 Aprel 2025 Jamiyat
104 0

Xalq taʼlimi tizimidagi pedagoglar uchun 2025-yilning birinchi yarmida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilandi. Bu haqda Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi xabar qildi.

Imtihonlari maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida faoliyat yurituvchi oʻqituvchilarni qamrab oladi.

Bunda 15–16-aprel kunlari Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Geografiya, 17-aprel Tarbiya, Davlat va huquq asoslari, Psixolog, 18–19 hamda 21-aprelda Ingliz, Fransuz, Nemis, Hind, Turk, Koreys, Xitoy tillari, 22–24-aprel Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar), Oʻzbek tili (Davlat tili), 25–26-aprel Jismoniy tarbiya, Musiqa madaniyati, Tasviriy sanʼat, Texnologiya, 28–29-aprel Matematika, 30-aprel va 1-may kunlari esa Biologiya, Kimyo, Fizika fanlaridan sinovlar boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, 2–3, 5–7-may kunlari boshlangʻich taʼlim muassasalari, 8-may Tarix, 10-mayda Chaqiruvga qadar tayyorgarlik, Iqtisod, Defektolog, Logoped, Tojik, Turkman, Qirgʻiz, Qozoq tili va adabiyoti, Madaniyat vazirligi tizimidagi pedagoglar, 12-may Informatika va axborot texnologiyalari, 13–14-may kunlarida Maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlari (tarbiyachi, psixolog, logoped, musiqachi, jismoniy tarbiya, xorijiy tillar, defektolog, metodist) va 15–16-may sanasida esa Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan malaka toifasi uchun imtihonlar oʻtkaziladi.

Qoʻshimcha ravishda, 15-may kuni kasbiy sertifikat sinovlari oʻtkazilishi ham belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер