Oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlari sanalari eʼlon qilindi

Talabalar oʻqishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek, Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga koʻchirish uchun test sinovlari 19-20-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi masʼullari maʼlum qildi.
Test sinovlari ikki smenada tashkil etiladi. Birinchi smena 08:00 dan 11:00 gacha, ikkinchi smena esa 15:00 dan 18:00 gacha.
Maʼlumot uchun, test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan boʻyicha oʻtkaziladi. Majburiy boʻlgan 3 ta fan - ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Oʻzbekiston tarixi fanidan 10 tadan jami 30 ta savol beriladi.
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta mutaxassislik fanning har biridan 30 tadan savol beriladi.
Agentlik talabgorlardan test sinovi oʻtkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlarini soʻragan Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring