Oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza topshirish boshlandi

14:20 15 Iyul 2023 Jamiyat
1006 0

Bugun, 15-iyul kunidan boshlab Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni koʻchirish jarayonlari boshlandi.

Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar joriy yilning 5-avgustiga qadar davom etadi.

Arizalar quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:

transfer.edu.uz – davlat OTMning biridan boshqasiga;

my.uzbmb.uz – xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekistondagi bir OTMdan boshqasiga koʻchirish uchun faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

Talaba turmushga chiqsa, turmush oʻrtogʻining yashash joyidagi OTMga;

Davlat xizmatchisining ish joyi oʻzgarganda farzandi yoki turmush oʻrtogʻi tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan oʻqishini koʻchirishi mumkin.

Shuningdek, Oʻzbekistonning oʻzidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga oʻtish uchun imtihon topshiradi.

Oʻtish ballini toʻplolmaganlar “super-kontrakt” bilan qabul qilinishi mumkin.

Abituriyentlarga oʻqishga kirishda beriladigan imtiyozlar “perevod”chilar uchun amal qilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?