Oqdaryoda yangi axborot-kutubxona markazi ish boshladi
Foto: Abdulaziz Yo'ldoshev / Xalq so'zi
Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida zamonaviy axborot-kutubxona markazi foydalanishga topshirildi.
Qariyb 2 milliard soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan ushbu markaz 5 mingga yaqin yangi adabiyot, 26 ta kompyuter jamlanmasi, mebel jihozlari bilan taʼminlandi, elektron adabiyotlardan foydalanish uchun zarur imkoniyatlar yaratildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, Prezidentning 2019-yil 7-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Samarqand viloyati shahar va tumanlarida 16 ta axborot-kutubxona markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Bundan bir yil muqaddam Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining kapital taʼmirdan chiqarilgan binosi ishga tushirilgan boʻlsa, Kattaqoʻrgʻon shahri va Toyloq tumanida ham kapital taʼmirdan soʻng barcha qulaylikka ega boʻlgan, koʻrkam kutubxonalar aholiga xizmat koʻrsatishga kirishdi. Payariq tumanida axborot-kutubxona markazi uchun qurilgan ikki qavatli bino yaqin kunlarda kitobxonlar uchun oʻz eshigini ochishi kutilmoqda.
Bugungi kunda viloyatdagi barcha axborot-kutubxona markazlarida 902 mingdan ortiq adabiyotlar saqlanmoqda. Axborot-kutubxonalarning doimiy foydalanuvchilari soni qariyb 30 ming nafar boʻlsa, ularning asosiy qismi - 20 mingga yaqini yosh kitobxonlardir.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring