“Open byudjet” yopiq tarzda davom etayotgani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Zomin tumanidagi 60-sonli maktabda “Tashabbusli byudjet” uchun ovoz berish yopiq tarzda haligacha davom etayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga Iqtisodiyot va moliya vazirligi munosabat bildirdi.
Unga koʻra, shu kabi maʼlumotlar asossiz va “Open byudjet” loyihasining 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish jarayonlari 10-martdan 20-martga qadar davom ettirilgan. 20-mart soat 23:59 dan soʻng ovozlar qabuli toʻxtatildi.
Taʼkidlanishicha, ayrim tuman va shaharlar yoki aynan bir tashabbusga ustuvorlik berilmagan, buning texnik imkoniyati mavjud emas, qolaversa, ovozlarni hisob-kitob qilish inson omilisiz amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring