Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Endi ushbu harakat Jinoyat kodeksiga binoan malakalanadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi va uchinchi oʻqishda qabul qilindi. Ushbu qonun loyihasi ommaviy tartibsizliklar bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan.
Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Jinoyat kodeksining 244-moddasiga uchinchi qism qoʻshildi. Unda ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtganlik uchun alohida javobgarlik belgilandi. Bundan tashqari, toʻrtinchi qism ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirish uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutdi.
Shuningdek, moddaning yangi beshinchi qismiga koʻra, oʻquvdan oʻtgan shaxs oʻz xohishi bilan bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan taqdirda, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. Bu yangilik tartibsizliklarning oldini olishga hamda jinoyatchilikka qarshi profilaktik choralarni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Majlisda soʻzga chiqqan deputatlar mazkur qonun loyihasining muhim ahamiyatini taʼkidladilar. Ular mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqiy ongni oshirish boʻyicha bu qonunning taʼsirchan mexanizm yaratishini eʼtirof etdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring