“Omikron”ning yangi subvariantini allergiyadan qanday farqlash mumkin?
Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda dunyo boʻylab “omikron” shtammining yangi — XBB.1.16 versiyasi keng tarqalmoqda.
Xususan, “Arktur” deb nomlanayotgan ushbu mutatsiya oʻta yuqumli boʻlib, hozir AQSHda qayd etilayotgan jami koronavirus versiyalarining 9,6 foizini tashkil qilyapti.
Amerika oftalmologiya akademiyasi maʼlumotlariga koʻra, koʻzlarning qizarishi (konyunktivit) bu subvariantga xos asosiy alomatlardan biri. Ayniqsa, bolalarda mazkur simptom yaqqol namoyon boʻlyapti.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, agar oʻgʻil-qizlarda koʻzlar qichishishi va qizarishi kuzatilsa, ular СOVID-19 uchun PZR-test topshirishlari kerak. Ammo bu allergiya belgilari bilan oʻxshash ekanligini ham yoddan chiqarmaslik kerak.
Isitma koronavirusga taalluqli alomatdir. “Arktur”da bu simptom yanada kuchliroq kechadi.
Demak, bemorning koʻzlari qizarishi, yuqori tana harorati — koronavirusni allergiyadan ajratib turuvchi bir jihat. Chunki mavsumiy allergik reaksiyalarda odatda isitma kuzatilmaydi. Aniq tashxis qoʻyish uchun esa tegishli tibbiy tekshiruvlar talab etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring