Ombudsman mintaqaviy vakili Fargʻonadagi maxsus qabulxonaga monitoring tashrifini amalga oshirdi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Fargʻona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda viloyat SES, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislarini jalb qilgan holda Fargʻona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi maxsus qabulxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi.
Maxsus qabulxona jami 140 nafar mahbusni saqlashga moʻljallangan, biroq, hozirgi vaqtda qabulxonada meʼyoridan ortiq, yaʼni 159 nafar mahbus saqlanayotganligi aniqlandi.
Maxsus qabulxonada saqlanayotgan 7 nafar mahbus bilan yakka tartibda hamda 32 nafar mahbus bilan ommaviy tartibda suhbatlar oʻtkazildi. Suhbat davomida mahbuslar yaratilgan sharoitlardan va oziq-ovqat taʼminotidan shikoyatlari yoʻqligini, ularga nisbatan qabulxona xodimlari tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar, jismoniy yoki ruhiy tazyiqlar oʻtkazilmaganligini bildirishdi.
Tergov harakatlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan xonalarda videokuzatuv vositalari oʻrnatilgan boʻlib advokatlar istalgan vaqtda advokatlik soʻrovnomasi orqali tergov jarayonlarida tasvirga olingan videomateriallarni talab qilib olishlari mumkinligi aniqlandi.
Monitoring davomida mahbuslarning yashash, ovqatlanish, sayr qilish, tibbiy xizmatdan foydalanish va sanitariya sharoitlari oʻrganildi va baʼzi kamchiliklar aniqlandi. Ombudsmanning Fargʻona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha maxsus qabulxona maʼmuriyatiga tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring