Oltinkoʻlda «Damas» “Fargʻona kanali”ga tushib ketdi
Joriy yilning 22-fevral kuni soat 14:20larda, Andijon viloyati, Oltinkoʻl tumani, “Chaqqon 2” MFY hududidan oʻtgan ichki yoʻlda, haydovchi 1994-yilda tugʻilgan Z.A. «Damas» rusumli avtomobilni boshqarayotib, ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yoʻqotgan va transport vositasi yoʻldan chiqib ketib, “Fargʻona kanali”ga tushib ketgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Koʻrilgan choralar natijasida avtomobil kanaldan olib chiqilgan. Mazkur hodisa yuzasidan Oltinkoʻl tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring