Olmaliqdagi xususiy bogʻchada ham bola kaltaklandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahridagi xususiy maktabgacha taʼlim muassasasida bola kaltaklangani haqidagi xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, 2025-yilning 17-iyul kuni fuqaro R.M. tomonidan qizi M.O. “Neo Kids” nomli xususiy maktabgacha taʼlim muassasasida kaltaklangani, natijada bolaning yuzida shish va koʻkarishlar borligi toʻgʻrisida “102” qisqa raqami orqali murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaatga asosan oʻsha kuniyoq ichki ishlar, mahalla, ijtimoiy xodim va taʼlim idoralari vakillaridan iborat maxsus guruh ushbu muassasada oʻrganish ishlarini amalga oshirgan.
Oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida 2025-yilning 16-iyul kuni mazkur muassasa tarbiyachisi Q.G. tomonidan voyaga yetmagan M.O.ga tan jarohati yetkazilgani tasdiqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlab yuborilgan boʻlib, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring