Olimpiya oʻyinlarigacha changʻi poygasi bahslari toʻxtatildi
Soʻnggi kunlarda butun dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yanada avj olmoqda. Yevropaning qator shaharlarida virusning tarqalishi sabab ayrim musobaqalar bekor qilinmoqda.
Jumladan, changʻi poygasi boʻyicha Fransiya va Sloveniyadagi ikki bosqich oʻtkazilmaydigan boʻldi.
Bu haqida musobaqa tashkilotchilari va mahalliy hukumat vakillari qaror qabul qilishdi.
Shu tariqa, kelasi oy boʻlib oʻtadigan qishki Olimpiya oʻyinlarigacha changʻi poygasi boʻyicha Jahon kubogi bahslari boʻlmaydi. Olimpiada kvotalari ham hozirgi holat boʻyicha taqsimlanadi.
Ayni paytgacha umumiy hisob quyidagi koʻrinishda
Erkaklar:
1. Yuxannes Klebu (Norvegiya) – 1183 ochko
2. Aleksandr Bolshunov (Rossiya) – 815
3. Erik Valnes (Norvegiya) – 527
Ayollar:
1. Natalya Nepryayeva (Rossiya) – 843
2. Ebba Anderson (Shvetsiya) – 648
3. Jessi Diggins (AQSH) – 622
Millatlar kubogi, erkaklar:
1. Norvegiya – 3374
2. Rossiya – 2697
3. Fransiya – 1148
Ayollar:
1. Shvetsiya – 2623
2. Norvegiya – 2250
3. Rossiya – 1785
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring