Olimlar Osiyoda oʻsadigan oʻsimlikdan OIVga qarshi kuchli dori topdilar
Arxiv foto
Yaponiyaning Toxo va AQSHning Dyuk universitetlarining xalqaro olimlar guruhi “Daphne pseudomezereum” oʻsimligi tarkibida inson immunitet tanqisligi virusi (OIV) replikatsiyasini bosuvchi moddalar mavjudligini aniqladilar.
“Daphne pseudomezereum” — Yaponiya, Xitoy va Koreyada oʻsadigan oʻsimlik hisoblanadi. Yalligʻlanishga qarshi xususiyatlari tufayli uning poʻstlogʻi anʼanaviy ravishda surunkali teri kasalliklari va revmatizmni davolash uchun ishlatilgan. Endi esa bu oʻsimlikning mevalarida OIVga qarshi kuchli faollikka ega birikmalar mavjudligi aniqlandi.
Tadqiqot guruhi uning mevalaridan 10 ta, shu jumladan, ilgari nomaʼlum boʻlgan uchta birikmani ajratib oldi. Ularning uchtasi OIVni bostirishda yuqori taʼsir koʻrsatdi. Bundan tashqari, birikmalarning sitotoksikligi past boʻlib, bu ularni keyingi oʻrganish uchun istiqbolli qiladi.
Qayd etilishicha, ushbu kashfiyot OIVga qarshi dorilarni yaratish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring