Olimlar diabet kasalligida foydali parhez haqida maʼlumot berdilar

23:59 17 Iyun 2023 Dunyo
570 0

Illyustrativ foto

AQSHning Nyu-York universiteti tadqiqotchilari bir haftalik cheklangan ovqatlanish qondagi glyukoza darajasini pasaytirishi va 2-toifa diabet rivojlanishining oldini olishi mumkinligini aniqladilar.

Tadqiqot natijalari “ENDO 2023” endokrin jamiyatning Chikagodagi yillik yigʻilishida taqdim etildi. Ushbu parhez uygʻongandan keyin birinchi olti-sakkiz soat ichida kaloriyalarining katta qismini isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi.

Tadqiqotda olimlar 10 nafar ishtirokchini ikki guruhga boʻlishdi: birinchisi soat 16:00 ga qadar kuniga 50 foiz kaloriya, ikkinchisi esa soat 13:00 gacha 80 foiz kaloriya isteʼmol qildi. Yetti kundan keyin guruhlar oʻrni almashtirildi.

Ishtirokchilarning vazni tadqiqot davomida barqaror boʻldi. Olimlar kunning boshida kaloriyalarning katta qismini isteʼmol qilish qondagi qand miqdorini koʻtarish vaqtini qisqartirishini va shu bilan ishtirokchilarning metabolik salomatligini yaxshilashini aniqladilar.

Ushbu parhez inson vaznidan qatʼi nazar, bir hafta ichida qondagi glyukoza nazoratini yaxshilashi mumkinligini koʻrsatdi. Mutaxassislarning fikricha, bu parhezning haqiqiy afzalliklarini aniqlash uchun koʻproq tadqiqotlarni oʻtkazish talab etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер