Olimlar 100-yildan koʻp yashashga yordam beradigan toʻrt asosiy omil haqida maʼlumot berishdi

Arxiv foto
Buyuk Britaniyaning Vestminster universiteti olimlari odamlarning 100-yil va undan koʻproq umr koʻrishiga yordam beradigan toʻrt asosiy omil haqida maʼlumot berishdi. Bular jismoniy mashqlar, sogʻlom ovqatlanish, uyqu va doʻstlar bilan muntazam muloqot ekan.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, hatto haftasiga 75 daqiqa tez yurish ham hayotingizga ikki yil qoʻshishi mumkin. Bu oʻtkazilgan tadqiqotlarda oʻz isbotini topgan. Uzoq umr koʻrishga gʻov boʻladigan asosiy dushman esa harakatsiz turmush tarzi hisoblanadi. Shu bois olimlar har 30 daqiqada turishni va har kuni oʻrtacha 30 daqiqa jismoniy mashqlar qilishni tavsiya qilmoqda.
100 000 kishi ishtirok etgan yana bir 30-yillik tadqiqot shuni koʻrsatdiki, 70 yoshgacha surunkali kasalliklarsiz yashaganlar sabzavot, mevalar, yongʻoqlar va toʻliq donlarni afzal koʻrishgan. Biroq, goʻshtni butunlay chiqarib tashlamaslik, balki muvozanatni saqlash muhimdir.
Notoʻgʻri uyqu esa erta oʻlim xavfini 50 foizga oshiradi. Optimal muddat — 7-9 soat, lekin individual ehtiyojlar farq qilishi mumkin. Ayniqsa, tungi smenada ishlash zararli.
Bolalikdagi travma va surunkali stress hujayra darajasida qarishni tezlashtiradi. Yoga, ijtimoiy faollik va yaqinlar bilan mustahkam aloqalar psixologik barqarorlikni saqlashga yordam beradi. Doʻstlari bilan har kuni muloqot qiladigan keksa odamlar oʻrtacha besh yil koʻproq yashaydi.
Genetika umr koʻrish davomiyligining atigi 20-40 foizini belgilaydi. Buni 115-yil yashagan britaniyalik Etel Katerxemning misolida koʻrish mumkin. Gap shundaki, Etelning singlisi 104 yoshga kirdi, qizlari esa atigi 71 va 83-yil umr koʻrdi.
“Hatto ideal genetika va sogʻlom odatlar ham 115-yillik hayotni kafolatlamaydi. Ammo ular keksalikda faol va sogʻlom boʻlish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi”, — deydi tadqiqotchilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring