Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasi koʻrib chiqildi
Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”
Senatning oʻn birinchi yalpi majlisida “Oliy taʼlimga oid malakalarni tan olish toʻgʻrisidagi global konvensiyani (Parij, 2019-yil 25-noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Mazkur Konvensiyaning asosiy maqsadi milliy taʼlim tizimlarining xalqaro integratsiyalashuvini taʼminlash, oliy taʼlim sohasidagi malakalarni barcha davlatlarda tan olish jarayonlarini soddalashtirish va taʼlimga oid hujjatlarning umumeʼtirof etilishini taʼminlashdan iborat.
Taʼkidlanganidek, bu xalqaro hujjat BMTning oliy taʼlim sohasidagi ilk global shartnomasi boʻlib, u dunyo miqyosida malakalarni adolatli va shaffof baholash, mintaqalararo akademik mobillikni rivojlantirish hamda talabalar, oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning erkin harakatlanishini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, Konvensiya taʼlim hujjatlarini tan olishda umumiy tamoyillarni belgilaydi.
Senatorlar taʼkidlaganidek, Qonunning qabul qilinishi fuqarolar uchun taʼlim olishda qulayliklar yaratish, taʼlim sifati va raqobatbardoshligini oshirish, akademik mobillikni kengaytirish, xorijiy mehnat bozoriga kirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda milliy oliy taʼlim tizimini global taʼlim makoniga integratsiya qilishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Global konvensiya oliy taʼlim va mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim huquqiy platforma sifatida ahamiyat kasb etadi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring