Oliy sud qatagʻon qurbonlarining yana bir guruhini oqladi
Joriy yilning 24-avgust kuni Oliy sudda sovet davridagi “Uchlik Kengashi”ning maxsus yigʻilish qarorlariga koʻra, 1929 — 1931-yillarda hozirgi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida “bosmachilik harakati”da, qurolli toʻda tuzib, sovet hukumatiga qarshi qurolli qoʻzgʻolon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlarni amalga oshirganlikda ayblangan Oʻzbekiston SSR va Qozogʻiston SSR fuqarolari boʻlgan 240 nafar shaxsga oid jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan 240 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining oqlov hukmi chiqarildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring