Oliy Majlis Senatida parlamentlarni ilmiy-tahliliy taʼminlash masalalari boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi

10:22 17 Dekabr 2025 Siyosat
212 0

Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yigʻilishi doirasida “Markaziy Osiyo mamlakatlari va Janubiy Koreya parlamentlarining axborot-tahliliy taʼminoti: tajriba va istiqbolli tendensiyalar” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Ishtirokchilar tajriba almashib, parlament faoliyatini ilmiy-tahliliy qoʻllab-quvvatlashning zamonaviy yondashuvlarini muhokama qildi. Shuningdek, raqamli oʻzgarishlar sharoitida qonun ijodkorligi va nazorat jarayonlari samaradorligini oshirish boʻyicha amaliy yoʻl-yoʻriqlar ishlab chiqish masalalari koʻrib chiqildi.

Davra suhbati davomida parlamentlar faoliyatida sunʼiy intellekt texnologiyalari va raqamli tahlil vositalarini qoʻllash, jumladan, ekspert xulosalarini tayyorlash, qonunchilik tashabbuslarini tahlil qilish, qabul qilinayotgan qarorlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini prognoz qilish va tahliliy hujjatlar sifatini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari tahliliy va ilmiy-tadqiqot markazlari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish, bilim, ekspertlar va ilgʻor tajriba almashishni kengaytirish, shuningdek, institutsional hamkorlikning barqaror mexanizmlarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Muhokama yakunlari boʻyicha qonunchilik sifatini oshirishning, shuningdek, mintaqada parlamentlararo va ekspertlararo hamkorlikni mustahkamlashning asosiy omillari sifatida parlamentlarning ilmiy-tahliliy taʼminotini tizimli rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish muhimligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?