Oliy Majlis Senati Raisi UNFPA mintaqaviy direktori bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik boʻyicha jamgʻarmasi (UNFPA)ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy direktori Florens Bauer bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot mobaynida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, demografik tendensiyalar, kambagʻallikka qarshi kurashish, gender tenglik, mehnat migratsiyasi va UNFPA bilan hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilindi.
Florens Bauer xonim Namangan viloyatida Prezidentimiz boshchiligida “Kambagʻallikdan farovonlik sari” xalqaro forumi muvaffaqiyatli oʻtkazilganini alohida taʼkidladi. Xususan, Barqaror rivojlanish maqsadlari orasida kambagʻallikka qarshi kurashish birinchi oʻrinda turishini qayd etib, bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tashabbuslarni yuqori baholadi.
Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda, inson huquqlari, demokratik jarayonlar va barqaror rivojlanishni taʼminlash borasida sezilarli natijalarga erishilmoqda.
UNFPA tomonidan aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, demografik tahlil, reproduktiv sogʻliq va gender tenglikni taʼminlash boʻyicha faol hamkorlik olib borilmoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, aholi farovonligini taʼminlash va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda umumiy saʼy-harakatlarini davom ettirishga kelishib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring