Oliy maʼlumotli harbiy boʻlish istagidagi yoshlar qaysi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishlari mumkin?
AOKAda Mudofaa vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida ushbu savol yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
Mudofaa vazirligi tasarrufida Qurolli Kuchlar akademiyasi, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti, OʻR oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, OʻR MV Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, OʻR QK Harbiy tibbiyot akademiyasi, OʻR QK Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi, OʻR MV “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi mavjud.
Shuningdek, Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun safarbarlik rezervlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonini optimallashtirish hamda rezerv va zaxira ofitserlarni tegishli harbiy-hisob ixtisosliklari boʻyicha sifatli tayyorlash uchun Mudofaa vazirligi tasarrufida 4 ta, jumladan, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining harbiy tayyorgarlik oʻquv markazi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti harbiy taʼlim fakulteti, Buxoro davlat universiteti harbiy taʼlim fakulteti, Fargʻona davlat universiteti harbiy taʼlim fakulteti kabi harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari faoliyat yuritmoqda.
Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalariga dastlabki saralab olish tadbirlari ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring